O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Jazoir geologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 22:35 · 27 views
Oʻzbekiston va Jazoir geologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Jazoir geologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 23-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jamila Ashur xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar muloqot davomida Jazoirda tog‘-kon sanoati va geologiya tarmog‘ini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmani takomillashtirish hamda xorijiy sheriklar bilan aloqalarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashdilar.

F. Xamidova O‘zbekistonda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yirik sanoat korxonalari faoliyati hamda so‘nggi yillarda ishga tushirilgan yirik investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida tog‘-kon sanoati, geologiya va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Jazoir Respublikasining tegishli vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv tashkil etish hamda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha kelishuvga erishildi.