O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Xitoy bojxona xizmatlari hamkorlikni kengaytiradi

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 22:50 · 28 views
Oʻzbekiston va Xitoy bojxona xizmatlari hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston va Xitoy bojxona xizmatlari hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Bojxona qo‘mitasining Xitoy Xalq Respublikasidagi rasmiy vakili K.Kadirov Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh boshqarmasi vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad ikki davlat bojxona xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning joriy holatini muhokama qilish, mavjud masalalar bo‘yicha fikr almashish hamda bevosita ishchi aloqalarni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Muzokaralarda Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh boshqarmasi departament boshlig‘i o‘rinbosari Yu Syantao boshchiligida xalqaro hamkorlik, tarif va tovarlarning kelib chiqishi, bojxona statistikasi, audit, chegara o‘tkazish punktlari, kadrlar tayyorlash, standartlar va texnik tartibga solish yo‘nalishlari mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuvda kelib chiqish sertifikatlarini elektron tekshirish, bojxona so‘rovnomalarini ko‘rib chiqish, vakolatli iqtisodiy operatorlarni o‘zaro tan olish, statistik ma’lumotlar almashinuvi, “Yagona darcha” tizimlari hamda mutaxassislarni o‘qitish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda ko‘tarilgan masalalarni vakolatli bo‘linmalar darajasida izchil o‘rganish, mas’ul xodimlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlik yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.