O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida yuk mashinasini evakuatsiya qildi

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 22:40 · 31 views
FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida yuk mashinasini evakuatsiya qildi

FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida yuk mashinasini evakuatsiya qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari “Qamchiq” dovoni orqali o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida yo‘l chetidagi ariqqa chiqib ketgan yuk avtomobili haydovchisiga yordam ko‘rsatdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

FVV maʼlumotiga ko‘ra, hodisa haqidagi xabar 24 iyul kuni soat 11:50 da kelib tushgan. Toshkent — Farg‘ona vodiysi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan yuk avtomobili haydovchi boshqaruvni yo‘qotganidan so‘ng yo‘l chetidagi ariqqa chiqib ketgan.

Hodisa joyiga “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi xodimlari tezkor yetib bordi. Ular maxsus texnikalar yordamida yuk avtomobilini evakuatsiya qilib, xavfsiz hududga ko‘chirdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qilishicha, hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.