O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Serbiya yetakchilari koʻp qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 22:45 · 27 views
Oʻzbekiston va Serbiya yetakchilari koʻp qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston va Serbiya yetakchilari koʻp qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich telefon orqali muloqot qildilar.

Serbiya Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston – Serbiya koʻp qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Oʻtgan yilning oktabr oyida Serbiya Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, infratuzilma, madaniy-gumanitar sohalarda hamda turizm va tartibli mehnat migratsiyasi yoʻnalishlarida hamkorlikni izchil rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Boʻlajak qoʻshma tadbirlar rejasi, xususan, Hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishini oʻtkazish hamda Oʻzbekiston delegatsiyasining Belgrad shahrida boʻlajak “EXPO-2027” xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etish masalalari koʻrib chiqildi.