Sport

Toşkent metrosidagi eskalator ikki daqiqaga töxtatildi

Toşkent metrosidagi eskalator ikki daqiqaga töxtatildi
Toşkent metrosidagi eskalator ikki daqiqaga töxtatildi / Foto: «Toşkent metropoliteni».

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent metrosining “Paxtakor” va «Alişer Navoiy» bekatlari örtasidagi ötiş yölagida joylaşgan eskalator yölovçining poyabzali ipini mexanizm qisib qolgani sababli vaqtinça töxtatildi. Bu haqda «Toşkent metropoliteni» aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy tarmoqlarda uskuna nosozligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berib, ma’lum qildi.

Korxona ma’lumotiga köra, hodisa 26 oktyabr kuni taxminan soat 18:32 da sodir bölgan. Yölovçilardan birining poyabzali ipi eskalator mexanizmiga qisilib qolgan. Xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida uskuna darhol töxtatilgan.

Vaziyat nazoratga olinib, zarur çoralar körilganidan söng eskalator qayta işga tuşirilgan. Jarayon taxminan ikki daqiqa davom etgan.

Metropoliten yölovçilarni eskalatordan foydalaniş qoidalariga rioya qilişga, harakatlaniş vaqtida ehtiyotkor bölişga, poyabzal iplari va kiyim qismlarining harakatlanuvçi mexanizmlarga tuşib qolmasligini nazorat qilişga çaqirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.