O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

Yarim yilda 127 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Turkiyaga safar qildi

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 22:45 · 26 views
Yarim yilda 127 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Turkiyaga safar qildi

Yarim yilda 127 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Turkiyaga safar qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–iyun oylarida Turkiyaga turistik maqsadlarda 127 241 nafar O‘zbekiston fuqarosi tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan safarlar soni 25,2 mingtaga yoki 24,7 foizga oshgan.

O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Turkiyaga sayyohlik maqsadida borgan. Shu maqsadda mamlakatga 104 289 nafar tashrif buyurgan.

Qarindoshlarini ziyorat qilish uchun Turkiyaga 19 629 nafar fuqaro yo‘l olgan, davolanish maqsadida 1 608 nafar, xizmat safari bilan 967 nafar, taʼlim olish uchun esa 748 nafar borgan.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yilning birinchi yarim yilligida Turkiyaga amalga oshirilgan safarlarning eng katta qismi turizm hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, u jami safarlarning 80 foizdan ortig‘ini tashkil etgan.