Oʻzbekiston va Gruziya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Gruziya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Gruziya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Bokuda Gruziya atrof-muhitni muhofaza qilish va qishloq xoʻjaligi vaziri David Songulashvili bilan uchrashdi. Muzokaralar Oʻzbekiston delegatsiyasining Ozarbayjonga ishchi tashrifi doirasida boʻlib oʻtdi va qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratildi.

Muloqot davomida ikki tomonlama agrar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib borayotganini qayd etib, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish orqali tovar ayirboshlash hajmini oshirish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, zaytunchilik, uzumchilik va vinochilik, choychilikni rivojlantirish hamda subtropik ekinlarni joriy etish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, baliqchilik sohasini rivojlantirish, fitosanitar tizimlarni raqamlashtirish, logistika zanjirlarini takomillashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash hamda tegishli kelishuvlarni imzolash hamda amaliy natijalarga erishish maqsadida ishchi guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling