Oʻzbekiston va Eron ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Eron ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar, shuningdek, dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.