Oʻzbekiston va BAA oqava suvlarni tozalash inshootlari loyihasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va BAA oqava suvlarni tozalash inshootlari loyihasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va BAA oqava suvlarni tozalash inshootlari loyihasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 13–14 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Delegatsiya tarkibida “O‘zsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov ham ishtirok etdi.

Tashrif doirasida iqtisodiyot, turizm, logistika, raqamli transformatsiya, infratuzilma hamda suv sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qator muzokaralar o‘tkazildi.

Xususan, suv taʼminoti va oqova suvlarni boshqarish sohasidagi yirik xalqaro operator — TAQA Water Solutions kompaniyasi bosh ijrochi direktori Nader Assad bin Taxer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahri uchun yangi oqova suv tozalash inshootini qurish loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda amaliy ishlarni jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur loyiha poytaxt infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.

Mazkur uchrashuv suv va oqova suv xizmati sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xalqaro tajribani keng tatbiq qilish hamda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling