Germaniyaning yangi elchisi O‘zbekistonda ish boshladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Mattias Follert o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. Bu haqda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Follert Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlashni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi.
U Toshkentga tayinlanguniga qadar 2022–2026 yillarda Germaniya Tashqi ishlar vazirligida Janubiy Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy hamkorlik bo‘yicha bo‘linmaga rahbarlik qilgan.
Follert Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida Manfred Xutererning o‘rnini egalladi.