Oʻzbekiston Senati Turkiya bilan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Oʻzbekiston Senati Turkiya bilan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Oʻzbekiston Senati Turkiya bilan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Turkiya Buyuk millat majlisi Xavfsizlik va razvedka komissiyasi raisi Veysel Tipio‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati hamda parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlari natijasida O‘zbekiston–Turkiya aloqalari strategik sheriklikning yangi bosqichiga ko‘tarilganini ta’kidladi. Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalar qatori parlamentlararo muloqot yo‘nalishida ham izchil rivojlanib bormoqda.

Uchrashuv davomida qonun ijodkorligi, parlament nazorati va qo‘mitalar faoliyati yuzasidan tajriba almashish, shuningdek, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling