O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiyaga joʻnab ketdi

Dilafro'z Niyazova · 18.12.2025 · 12:13 · 1484 views
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiyaga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiyaga joʻnab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Tokioda bir qator oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sherikligi va koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.