O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 28.07.2026 · 19:20 · 37 views
Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi sogʻliqni saqlash vaziri Fahad bin Abdulrahmon al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Soʻnggi yillarda hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ayniqsa, “ACWA” kompaniyasi bilan yirik qoʻshma loyihalar amalga oshirilayotgani alohida taʼkidlandi.

Tashrif doirasida Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlaridan iborat nufuzli delegatsiya bilan samarali muzokaralar oʻtkazilib, qator kelishuvlarga erishildi.

Muloqot davomida mamlakatimizda tibbiyot sohasini raqamlashtirish va modernizatsiya qilish, farmatsevtika tarmogʻini tartibga solish, kadrlar tayyorlash, koʻp tarmoqli shifoxona barpo etish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida yangi loyiha hamda tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.