Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 15-may kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Davlatimiz rahbari Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Tadbir davomida koʻp tomonlama hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sunʼiy intellektni amalda qoʻllash borasida yanada kengaytirish xususida soʻz yuritiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qiladilar.

Tadbir yakunida Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish koʻzda tutilgan.

#Shavkat Mirziyoyev  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling