Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Avstraliya bilan hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Avstraliya bilan hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Avstraliya bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ichki ishlar vazirligida Avstraliyaning Oʻzbekistondagi Elchisi Djon Girin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Avstraliya Elchisi oʻz chiqishida samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar rivojlanib borayotganligini eʼtirof etib, huquqni muhofaza qilish, ayniqsa politsiya sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish davr talabi ekanligiga urgʻu berdi

Tomonlar Oʻzbekiston va Avstraliya huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, kiberjinoyatlar va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu yoʻnalishlarda oʻzaro ilgʻor tajribalar almashish istiqbollarini muhokama qildilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling