Oʻzbekiston Hirotdagi elektr jihozlari bozorini oʻrganmoqda

Oʻzbekiston Hirotdagi elektr jihozlari bozorini oʻrganmoqda

Oʻzbekiston Hirotdagi elektr jihozlari bozorini oʻrganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 13–14-aprel kunlari Afg‘onistonning Hirot shahrida o‘zbek elektrotexnika mahsulotlarini tashqi bozorlarga kengaytirish maqsadida bozor o‘rganish tadbirlari, B2B uchrashuvlar hamda savdo muzokaralari tashkil etildi.

Mazkur tashrif davomida asosiy e’tibor aynan Afg‘oniston bozorida elektrotexnika sanoati yo‘nalishida mavjud ehtiyojlarni aniqlashga qaratildi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari Hirot shahridagi yirik savdo majmualari va elektrotexnika bozorlariga tashrif buyurib, mahalliy dilerlar, importyorlar hamda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuvlarda Afg‘oniston bozorida ayni paytda qaysi turdagi import elektrotexnika mahsulotlariga talab yuqoriligi, bozordagi mavjud taklif va narxlar muvozanati, shuningdek, import tarkibida qaysi segmentlarda bo‘shliq mavjudligi atroflicha tahlil qilindi.

Muloqotlar davomida Hirot bozorlarini sifatli, raqobatbardosh va narx jihatidan maqbul o‘zbek elektrotexnika mahsulotlari bilan to‘ldirish, mahalliy hamkorlar bilan barqaror savdo zanjirlarini shakllantirish hamda eksport hajmini oshirish bo‘yicha qator taklif va fikr-mulohazalar ilgari surildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yuzasidan amaliy mexanizmlarni ham muhokama qildilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling