O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston Hindistonning Apollo kasalxonalari bilan hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 31.07.2026 · 08:35 · 26 views
Oʻzbekiston Hindistonning Apollo kasalxonalari bilan hamkorlikni muhokama qildi
Oʻzbekiston Hindistonning Apollo kasalxonalari bilan hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Hindistonning yetakchi xususiy tibbiyot tarmoqlaridan biri — Apollo Hospitals Enterprise Limited (AHEL) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, tibbiyot muassasalarini boshqarishni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda mazkur yo‘nalishda ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Health Invest xolding kompaniyasi tizimidagi tibbiyot muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, operatsion boshqaruvni takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, rahbar va mutaxassislarning boshqaruv salohiyatini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Apollo Hospitals Enterprise Limited (AHEL) Hindistondagi eng yirik xususiy tibbiyot tarmoqlaridan biri bo‘lib, 73 ta shifoxona, 10 mingdan ortiq o‘rin fondiga ega. Kompaniya 25 mamlakatda tibbiyot muassasalarini boshqarish va konsalting xizmatlarini amalga oshirish bo‘yicha katta xalqaro tajribaga ega.