Oʻzbekiston Bokuda boʻlib oʻtgan konferensiyada farmatsevtika sohasidagi islohotlarni taqdim etdi
Oʻzbekiston Bokuda boʻlib oʻtgan konferensiyada farmatsevtika sohasidagi islohotlarni taqdim etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 5 may kuni Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida “Ozarbayjon farmatsevtika sanoati: kecha, bugun va kelajakda” mavzusida II xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli anjumanda Turkiya, Vengriya va Qozog‘iston kabi davlatlardan farmatsevtika sohasi vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiya doirasida Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakili ham ishtirok etib, mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan muhim natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil taqdimot qildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va yangi investitsion imkoniyatlarni muhokama qilish bo‘yicha fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.