Oʻzbekiston birinchi marta JSTning bojxona boʻyicha sessiyasida ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston birinchi marta JSTning bojxona boʻyicha sessiyasida ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston birinchi marta JSTning bojxona boʻyicha sessiyasida ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon bojxona tashkilotining Bryusseldagi Bosh shtab kvartirasida Bojxona qiymati bo‘yicha Texnik qo‘mitaning 62-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Joriy yilning 20-24-aprel kunlari bo‘lib o‘tayotgan ushbu nufuzli tadbirda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi vakillari A. Sadriddinov va D. Raxmonovlar ishtirok etishmoqda.

Mazkur sessiyada bojxona qiymatini aniqlashda yuzaga kelayotgan muammolar hamda JSTning Bojxona qiymati bo'yicha Bitimini bir xil tartibda qo'llash masalalari muhokama qilinmoqda.

Xizmat safari davomida JBT Bojxona qiymati bo‘yicha Texnik qo‘mitasi raisi hamda tashkilot vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda bojxona qiymatini aniqlash va nazorat qilish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi, shuningdek, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. 

Tomonlar JBT ekspertlari ishtirokida, mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lish jarayonining yakuniy bosqichlari doirasida, bojxona qiymatini aniqlashga oid milliy qonunchilik normalarining JST Bitimi talablariga muvofiqligini o‘rganishga qaratilgan diagnostik missiya o‘tkazish tashabbusini ilgari surdilar.

Sessiya davomida qator davlatlar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etilib, bojxona qiymati yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling