"O'zto'qimachiliksanoat" Yihua Printing bilan texnologiyani muhokama qildi

"O'zto'qimachiliksanoat" Yihua Printing bilan texnologiyani muhokama qildi

"O'zto'qimachiliksanoat" Yihua Printing bilan texnologiyani muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida "O'zto'qimachiliksanoat" assotsiatsiyasi delegatsiyasi Yihua Printing & Dyeing rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi va to'qimachilik bo'yash va chop etishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonani ko'zdan kechirdi.

Korxonaga tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etilgan avtomatlashtirish va raqamlashtirish tizimlari, jumladan “Shaoxing Huangxi Intelligent Group” kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilgan raqamli monitoring panellari hamda boshqaruv tizimlari o‘rganildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari ko‘zdan kechirilib, bo‘yash, chop etish va yakuniy ishlov berish bosqichlari bilan tanishildi.

Mazkur korxonada 378 nafar xodim faoliyat yuritib, yillik daromadi 50 mln AQSh dollaridan oshiqni tashkil etadi. Korxona zamonaviy bo‘yash va chop etish texnologiyalari asosida tikuvchilik sanoati uchun keng turdagi matolar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Muzokaralar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi: O‘zbekiston korxonalarida zamonaviy bo‘yash va chop etish texnologiyalarini joriy etish istiqbollari, Qo`shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish va kooperatsion aloqalarni rivojlantirish va ikki davlat korxonalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling