"O'zto'qimachiliksanoat" delegatsiyasi Xitoyda bo'lib o'tgan EXPO 2026 ko'rgazmasida memorandum imzoladi
"O'zto'qimachiliksanoat" delegatsiyasi Xitoyda bo'lib o'tgan EXPO 2026 ko'rgazmasida memorandum imzoladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi delegatsiyasi IX Xitoy–Yevrosiyo EXPO–2026 doirasidagi kooperatsiya uchrashuvida ishtirok etdi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan IX Xitoy–Yevrosiyo EXPO–2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan kooperatsiya uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbir davomida Xitoyning davlat tashkilotlari, tarmoq uyushmalari hamda biznes vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilib, to‘qimachilik sanoatida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, 30 dan ortiq Xitoyning to‘qimachilik korxonalari bilan muzokaralar tashkil etilib, o`zaro savdo aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj yo`nalishida kooperatsiyani kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi hamda Shinjon ishlab chiqarish va qurilish Birinchi korpusi qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.