O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

ADM Global Farg‘ona viloyatida yangi investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda

UzDaily tahririyati · 30.06.2026 · 13:00 · 31 views
ADM Global Farg‘ona viloyatida yangi investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda

ADM Global Farg‘ona viloyatida yangi investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish va distributsiya sohasida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar guruhi — ADM Global kompaniyalar guruhi bosh direktori Daniyar Davletiyarov boshchiligidagi kompaniya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kompaniya tomonidan Farg‘ona shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik loyiha muhokama qilindi.

Loyihaning iqtisodiy ahamiyati, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda uni amalga oshirishning tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida maʼlumot berildi.

Viloyat hokimi tadbirkorlar tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini taʼkidlab, loyihani amalga oshirish jarayonida zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.

O‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish va belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

ADM Global xoldingi dunyoning yetakchi avtomobil brendlari — Kia, Chery, Haval, Tank, Changan hamda Hyundai Truck & Bus kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.