O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Toshkentda yangi Yutong elektrobusi sinovdan o‘tkazilmoqda

Dilafro'z Niyazova · 19.08.2026 · 21:20 · 32 views
Toshkentda yangi Yutong elektrobusi sinovdan o‘tkazilmoqda
Toshkentda yangi Yutong elektrobusi sinovdan o‘tkazilmoqda / Foto: Videodan olingan kadr.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda 26-sonli «Majnuntol mahallasi — Oloy bozori» avtobus yo‘nalishida yangi YUTONG ZK6890BEVG elektrobusi sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinovlar bir oyga mo‘ljallangan bo‘lib, “Toshshahartranskhizmat” AJ va Xitoyning «Yutong Holdco Ca» kompaniyasi o‘rtasida transport vositasini vaqtincha berish to‘g‘risidagi shartnoma doirasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Toshshahartranskhizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Elektrobus 2026 yil 12 avgust kuni yo‘nalishga chiqarilgan va boshqa avtobuslar bilan birgalikda harakatlanmoqda. Yo‘nalishga «1-avtobus saroyi» filiali xizmat ko‘rsatmoqda.

Sinovlar davomida mutaxassislar YUTONG ZK6890BEVG elektrobusining Toshkent sharoitidagi texnik va ekspluatatsion xususiyatlarini, shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda transport vositasidan foydalanish samaradorligini baholashni rejalashtirmoqda.

Elektrobus konditsionerlar va elektron qurilmalarni quvvatlash uchun portlar bilan jihozlangan.

26-sonli yo‘nalish shaharning ichki ko‘chalarini markaziy hududlar bilan bog‘lab, ushbu hududlar o‘rtasida yo‘lovchilar tashilishini taʼminlaydi. Yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli unda uzunligi 9 metr bo‘lgan avtobuslardan foydalaniladi.

Sinovlar yakunlari bo‘yicha elektrobusning shahar sharoitida ishlashi haqida maʼlumotlar to‘planadi. “Toshshahartranskhizmat” kompaniyasi qo‘shimcha ravishda elektrobusning yo‘nalishdagi faoliyati va sinovlar jarayoni haqida maʼlumotlar alohida taqdim etilishini bildirdi.

Sinovlar kompaniyaning Toshkentda zamonaviy va qulay jamoat transporti turlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlari doirasida o‘tkazilmoqda.