Iqtisod

Oʻzbekiston va Xitoyning Eksimbanki investitsiya hamkorligini kengaytiradi

Oʻzbekiston va Xitoyning Eksimbanki investitsiya hamkorligini kengaytiradi
Oʻzbekiston va Xitoyning Eksimbanki investitsiya hamkorligini kengaytiradi / Foto: Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoy Eksport-import banki vitse-prezidenti Wang Kang bilan moliyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Xitoy Eksimbanki o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar portfeli 5,7 mlrd dollardan oshadi. Ayni paytda 500 mln dollarlik telekommunikatsiya loyihasi faol amalga oshirilmoqda.

Umumiy qiymati 1,05 mlrd dollar bo‘lgan 7 ta istiqbolli loyihaga, jumladan gidroenergetika, suv infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi va transport sohalaridagi loyihalarga, shuningdek, Pungon–Namangan avtomobil yo‘li loyihasiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ustuvor loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va qo‘shma investitsiya portfelini yanada kengaytirishga qiziqish bildirdi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.