O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Pokistonning Agha Jee Herbal World kompaniyasi hamkorlik qilishga kelishib oldi

UzDaily tahririyati · 30.06.2026 · 12:30 · 26 views
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Pokistonning Agha Jee Herbal World kompaniyasi hamkorlik qilishga kelishib oldi

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Pokistonning Agha Jee Herbal World kompaniyasi hamkorlik qilishga kelishib oldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari hamda Pokistonning "Agha Jee Herbal World" kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda an’anaviy tibbiyot va dorivor o‘simliklar asosida mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, Toshkent shahrida "Agha Jee Herbal World" brendi ostida klinika, o‘quv markazi hamda dorivor o‘simliklardan tibbiy vositalar ishlab chiqarish markazini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, kompaniyaning mamlakatimizda za’faron hamda yuqori sifatli “basmati” guruch navlarini yetishtirish bo‘yicha taklifi yuzasidan istiqbolli hududlarni aniqlash, agrotexnik talablarni o‘rganish va yetishtiriladigan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldilar.