7
Turizm

Jizzax Open Air festivali Aydarko'l ko'li bo'yida bo'lib o'tadi

Jizzax Open Air festivali Aydarko'l ko'li bo'yida bo'lib o'tadi
Jizzax Open Air festivali Aydarko'l ko'li bo'yida bo'lib o'tadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 27–28-iyun kunlari Turizm qo‘mitasi ko‘magida “Aydarko‘l Resort” dam olish maskanida “Jizzakh Open Air” xalqaro turizm festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival Jizzax viloyatining turistik salohiyatini targ‘ib qilish hamda Aydarko‘l sohili bo‘ylab dam olish imkoniyatlarini ommalashtirish uchun muhim maydon vazifasini o‘taydi. Festival dasturidan plyajda hordiq chiqarish, gastronomik maydonchalar, taniqli san’atkorlarning chiqishlari, turli ko‘ngilochar tadbirlar, shuningdek, DJlar va raqs shoulari ishtirokidagi kechki musiqiy dasturlar o‘rin olgan.

“Jizzakh Open Air” festivalini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki va kirish turizmini rivojlantirish, mamlakat hududlarining turistik takliflarini kengaytirish hamda sayohatchilar uchun yangi jozibador maskanlarni shakllantirishdan iborat.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.