O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

BioPharma City klasteri Xitoyning CNBG kompaniyasi bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi

UzDaily tahririyati · 30.06.2026 · 12:40 · 35 views
BioPharma City klasteri Xitoyning CNBG kompaniyasi bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi

BioPharma City klasteri Xitoyning CNBG kompaniyasi bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoyning yetakchi biofarmatsevtika kompaniyalaridan biri — "China National Biotech Group Company Limited (Sinopharm CNBG)" hamda "Yangi Osiyo Xalqaro Biofarmasevtika" MCHJ QK vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida "BioPharma City" farmatsevtika klasteri hududida inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega vaksinalarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda to‘liq siklli, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yayotgan investorlar uchun davlat tomonidan yaratilgan huquqiy kafolatlar, infratuzilma va imtiyozlar haqida ham maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar "BioPharma City" innovatsion farmatsevtika klasteri hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma bilan tanishdilar.