Max platformasi o‘zbek tilida ishlay boshladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyaning milliy raqamli platformasi Max o‘zbek tilida foydalanish uchun taqdim etildi. Shuningdek, O‘zbekiston foydalanuvchilari platformada +998 telefon raqami kodi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
O‘zbek tilidan tashqari, Max interfeysi rus, ingliz, ispan tillari hamda portugal tilining Braziliya variantida ham mavjud.
Platforma rasman 2025 yil mart oyida taqdim etilgan. U xabar almashish va ovozli aloqa, to‘lovlarni amalga oshirish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish hamda raqamli ID yordamida shaxsni tasdiqlash funksiyalarini birlashtiradi.
Max platformasida 40 ta davlat fuqarolari, jumladan, MDH mamlakatlari, shuningdek, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi davlatlari fuqarolari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.