O‘zbekiston WT Prezident kubogida to‘rtta medal oldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakillari Lohurda o‘tkazilayotgan WT World Taekwondo President‘s Cup – Asia musobaqasining birinchi kunida to‘rtta medalga sazovor bo‘ldi. O‘zbekistonlik sportchilar uchta kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Najmiddin Qosimxo‘jayev 74 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida, Diëra Azizova 62 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida, Svetlana Saidova esa 73 kilogrammdan yuqori vazn toifasida kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Yana bir medalni Marat Mavlonov 87 kilogrammdan yuqori vazn toifasida bronza medali bilan jamoa hisobiga qo‘shdi.
Shunday qilib, musobaqaning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi hisobida uchta kumush va bitta bronzadan iborat jami to‘rtta medal mavjud.