O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

O‘zbekiston 6,2 mln dollarlik qalampir eksport qildi

Dilafro'z Niyazova · 26.08.2026 · 13:20 · 33 views
O‘zbekiston 6,2 mln dollarlik qalampir eksport qildi
O‘zbekiston 6,2 mln dollarlik qalampir eksport qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston 2026 yil yanvar–iyun oylarida 18 ta davlatga jami 6,2 mln dollarlik 4,6 ming tonna qalampir eksport qildi. Eksportning eng yirik yo‘nalishlari Xitoy va Qirg‘iziston bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

 

Yilning birinchi olti oyida Xitoyga 1,6 ming tonna o‘zbek qalampiri yetkazib berildi. Eksport hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Qirg‘iziston egalladi — ushbu davlatga 1,2 ming tonna mahsulot jo‘natildi.

O‘zbekiston Qozog‘istonga 489,6 tonna qalampir eksport qildi. Rossiyaga 310,6 tonna mahsulot yetkazib berilgan. Ispaniyaga eksport hajmi 286 tonnani, Turkiyaga esa 220 tonnani tashkil etdi.

Bundan tashqari, hisobot davrida AQSHga 149 tonna qalampir eksport qilindi.

Qolgan davlatlar hissasiga 326 tonna eksport qilingan mahsulot to‘g‘ri keldi. Jami 2026 yil yanvar–iyun oylarida o‘zbek qalampiri 18 ta davlat bozoriga yetkazib berildi.