O‘zbekiston YAIMida AKT xizmatlari ulushi 2,9 foizga yetdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotida (YAIM) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi xizmatlarning ulushi 2026 yil yanvar–iyun oylarida 2,9 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bir yil avval 2,8 foiz bo‘lgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning shu davrida AKT xizmatlarining YAIMdagi ulushi 2,4 foizni tashkil etgan. Shu tariqa, ikki yil davomida ko‘rsatkich 0,5 foiz punktga oshgan.
2026 yilning birinchi olti oyida AKT xizmatlari sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 30,3 trln so‘mni tashkil etdi.
AKT xizmatlari yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush kompyuter dasturlash, konsalting va unga turdosh xizmatlarga to‘g‘ri keldi — 53,6 foiz.
Aloqa xizmatlarining soha yalpi qo‘shilgan qiymatidagi ulushi 28,9 foizni tashkil etdi. Yana 10,5 foiz maʼlumotlarni joylashtirish va qayta ishlash xizmatlari, shuningdek, veb-portallar faoliyati hissasiga to‘g‘ri keldi.
Dasturiy taʼminotning ulushi 4,4 foizni, kompyuterlar va kommunikatsiya uskunalarini taʼmirlash xizmatlarining ulushi esa 2,6 foizni tashkil qildi.
Shunday qilib, 2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda AKT sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning asosiy qismi kompyuter dasturlash, konsalting va unga turdosh xizmatlar, shuningdek, aloqa xizmatlari hisobiga shakllangan.