O‘zbekiston va China Huaneng Group gidroenergetikani rivojlantiradi
O‘zbekiston va China Huaneng Group gidroenergetikani rivojlantiradi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati va Xitoy energetika korporatsiyasi boʻlgan China Huaneng Group gidroenergetika sohasida strategik hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
V Toshkent xalqaro investitsiya forumining (TXIF-2026) navbatdagi kunida “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Azimjon Ahmadjanov hamda Xitoy Xalq Respublikasining yirik energetika korporatsiyalaridan biri — China Huaneng Group rahbariyati o‘rtasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi rasmiylashtirildi.
Mazkur kelishuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi “Gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 163-son qarori doirasida belgilangan yirik gidroenergetika loyihalarini amalga oshirish, sohani rivojlantirishni jadallashtirish hamda amalga oshirish masalalari belgilangan.
Shu bilan birga tadbir davomida, uzoq muddatli strategik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro ilg‘or tajriba va zamonaviy muhandislik yechimlarini qo‘llash orqali O‘zbekiston gidroenergetika tarmog‘ining barqaror va izchil rivojlanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratgan holda muzokaralar o‘tkazildi.