Iqtisod

“O‘zsuvtaʼminot” va China Energy hamkorlikni kengaytiradi

“O‘zsuvtaʼminot” va China Energy hamkorlikni kengaytiradi
“O‘zsuvtaʼminot” va China Energy hamkorlikni kengaytiradi / Foto: “O‘zsuvtaʼminot”.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zsuvtaʼminot” AJ va China Energy Overseas Investment Co., Ltd. O‘zbekistonda suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda “O‘zsuvtaʼminot” AJ xabar berdi.

Memorandum 2026 yil 11 sentyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi doirasida imzolandi. Delegatsiyaga “O‘zsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi Ahmad Suvankulov boshchilik qildi. Tashrif davomida u China Energy Overseas Investment Co., Ltd. raisi Yaxong Li bilan uchrashdi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi Navoiy shahrida zamonaviy ichimlik suvini tozalash inshootini qurish loyihasi bo‘ldi.

Tomonlar loyihaning joriy holati, nazarda tutilgan texnik yechimlar va uni amalga oshirishning keyingi bosqichlarini muhokama qildi.

Loyihada membranali texnologiyalar, jumladan, nanofiltratsiya va mikrofiltratsiya usullaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng O‘zbekistonda nanofiltratsiya texnologiyasi qo‘llaniladigan birinchi yirik ichimlik suvini tozalash inshootini yaratish imkoni paydo bo‘ladi.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, loyihani ishlab chiqishni jadallashtirish va yaqin vaqtda uni amaliy amalga oshirishni boshlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekistonda suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasidagi yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda o‘rganishga kelishib oldi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “O‘zsuvtaʼminot” AJ va China Energy Overseas Investment hamkorlikni yana-da kengaytirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.