"O'zbekneftgaz" Fitch bilan sukuk chiqarishni muhokama qildi
"O'zbekneftgaz" Fitch bilan sukuk chiqarishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2026” xalqaro anjumani doirasida "O‘zbekneftgaz" AJ vakillari tomonidan jahonning yirik reyting agentliklaridan biri bo‘lgan “Fitch Ratings” o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda tomonlar kredit reyting oshirish hamda turli moliya instrumentlari bo‘yicha imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Xususan, islomiy qimmatli qogozlar «sukuk» chiqarish va boshqa islomiy moliya instrumentlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Sindikatlashgan kreditlar tashkil etish, qo‘shimcha yevroobligatsiyalar chiqarish va xedjlash strategiyalari kabi turli moliyaviy instrumentlar taklif etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.