"O'zbekneftegaz" va "Baker Hughes" yangi loyihalarni muhokama qilishdi
"O'zbekneftegaz" va "Baker Hughes" yangi loyihalarni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda "O'zbekiston neft va gazi — OGU 2026" 28-xalqaro ko'rgazma va konferensiyasi doirasida "O'zbekneftegaz" rahbariyati va Amerikaning Baker Hughes kompaniyasi delegatsiyasi o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi.
Muloqotda tomonlar ko‘p yillik o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, gazturbina uskunalarini yetkazib berish, servis xizmatlarini ko‘rsatish va ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar qayd etildi.
Muzokaralar davomida kompressor infratuzilmasini rivojlantirish, gazturbina uskunalarini modernizatsiya qilish, ularning ishonchli va samarali ekspluatatsiyasini ta’minlash, shuningdek, raqamli texnologiyalar, masofaviy monitoring va diagnostika tizimlarini joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Abdug‘ani Sanginov “Baker Hughes” kompaniyasining neft-gaz sohasidagi ilg‘or texnologiyalari va xalqaro tajribasi “O‘zbekneftgaz” AJda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.