O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O'zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliyaning "Braga" klubiga o'tdi

UzDaily tahririyati · 03.07.2026 · 22:05 · 31 views
O'zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliyaning "Braga" klubiga o'tdi

O'zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliyaning "Braga" klubiga o'tdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodikov faoliyatini Portugaliyaning “Braga” klubida davom ettiradi. Har ikki futbolchi 2025 yilda 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘olib chiqqan milliy jamoa tarkibidan o‘rin olgan edi.

“Andijon” futbol klubi maʼlum qilishicha, 18 yoshli yarim himoyachi Sayfiddin Sodikov bilan tuzilgan ijara shartnomasi 30 iyun kuni yakunlangan va shundan so‘ng futbolchi jamoani tark etgan.

Sodikov “Andijon” safida O‘zbekiston Superligasida debyut qilib, uchta uchrashuvda maydonga tushgan.

Yarim himoyachining faoliyatidagi navbatdagi bosqich Portugaliyaning “Braga” klubidagi o‘yinlari bo‘ladi. U yerda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining yana bir aʼzosi Sadriddin Hasanov ham faoliyatini davom ettiradi. Hasanov avval Toshkentning “Bunyodkor” klubida to‘p surgan.

“Braga”ning U23 jamoasi chorshanba kuni 2026/27 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Ilk mashg‘ulot klubning sport bazasida bosh murabbiy Tyagu Veyga rahbarligidagi murabbiylar shtabi ishtirokida o‘tkazildi. Har ikki o‘zbekistonlik futbolchi jamoa tarkibiga kiritilgan.