Iqtisod

O‘zbekistonda yarim yilda temir yo‘l orqali 5,9 mln yo‘lovchi tashildi

O‘zbekistonda yarim yilda temir yo‘l orqali 5,9 mln yo‘lovchi tashildi
O‘zbekistonda yarim yilda temir yo‘l orqali 5,9 mln yo‘lovchi tashildi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda temir yo‘l transporti orqali qariyb 5,9 mln nafar yo‘lovchi tashildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2025 yilning mos davriga nisbatan temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashish hajmi 0,6 mln nafarga oshdi.

2026 yilning dastlabki olti oyida temir yo‘l transporti orqali shuningdek, 56,3 mln tonna yuk tashilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.