O'zbekistonda Saint-Gobain qurilish materiallari zavodi ochildi

O'zbekistonda Saint-Gobain qurilish materiallari zavodi ochildi

O'zbekistonda Saint-Gobain qurilish materiallari zavodi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida qurilish materiallari va innovatsion yechimlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri - Fransiyaning “Saint-Gobain” kompaniyasi tomonidan barpo etilgan quruq qurilish aralashmalari zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev ishtirok etdi.

Tarixi uzoq 1665-yilga borib taqaluvchi “Saint-Gobain” kompaniyasi qirol Lyudovik XIV farmoni bilan dastlab oyna ishlab chiqaruvchi manufaktura sifatida tashkil etilgan bo‘lib, uch yarim asrdan ziyod vaqt mobaynida jahon qurilish sanoatida peshqadamlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunga kelib, mazkur kompaniya dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida o‘z faoliyatini yuritayotgan yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib beruvchi global ishlab chiqaruvchiga aylangan.

Ushbu investitsiya loyihasining hayotga tadbiq etilishi mamlakatimiz sanoat salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Shu bilan birga, bu voqea O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash va sanoatlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarga xalqaro investorlar tomonidan yuksak ishonch bildirilayotganidan dalolat beradi.

Yangi zavodning ishga tushirilishi O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi hamda respublikamizda barqaror sanoat rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling