O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda MCHJlar soni 343 mingdan oshdi

UzDaily tahririyati · 11.07.2026 · 09:25 · 31 views
O‘zbekistonda MCHJlar soni 343 mingdan oshdi

O‘zbekistonda MCHJlar soni 343 mingdan oshdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 430,9 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida keltirilgan.

Tashkiliy-huquqiy shakllar orasida eng keng tarqalgani masʼuliyati cheklangan jamiyatlar bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda 343 584 ta MCHJ ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bu jami tijorat tashkilotlarining 79,7 foizini tashkil etadi.

Soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan. Ularning soni 46 515 tani tashkil etib, umumiy tijorat tashkilotlarining 10,8 foiziga teng.

Mamlakatda 36 697 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning ulushi 8,5 foizni tashkil qiladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda 645 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Ular umumiy tijorat tashkilotlarining 0,2 foizini tashkil etadi. Yana 3 496 ta boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularning ulushi jami korxonalarning 0,8 foiziga teng.