O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga 61 ta avtomobil to‘g‘ri keladi
O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga 61 ta avtomobil to‘g‘ri keladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2025 yilda har 100 ta xonadonga o‘rtacha 61 ta yengil avtomobil to‘g‘ri keldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining xonadonlar bo‘yicha tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlarida qayd etilgan.
Ko‘rsatkich so‘nggi yillarda barqaror o‘sishni namoyon etmoqda. Jumladan, 2010 yilda har 100 ta xonadonga 21 ta avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 42 tani, 2020 yilda esa 49 tani tashkil etgan. Shu tariqa, so‘nggi o‘n besh yil ichida avtomobilizatsiya darajasi uch barobardan ortiq o‘sgan.
Statistik maʼlumotlar aholining shaxsiy transport bilan taʼminlanganlik darajasi bosqichma-bosqich oshib borayotganini hamda yengil avtomobillarning mamlakat xonadonlari kundalik harakatlanishidagi ahamiyati ortib borayotganini aks ettiradi.