Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Xitoyning CRRC Dalian kompaniyasi bilan temir yo‘l transporti va metropoliten sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Tegishli memorandumni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Xitoy kompaniyasi imzoladi.
Hujjat temir yo‘l infratuzilmasi va metropolitenni rivojlantirish, zamonaviy harakatlanuvchi tarkibni xarid qilish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.
Tomonlar, shuningdek, ishlab chiqarish va texnik xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.