O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston Xalqaro ipak tarmog‘iga qo‘shildi

UzDaily · 13.08.2025 · 12:45 · 437 views
O‘zbekiston Xalqaro ipak tarmog‘iga qo‘shildi

O‘zbekiston Xalqaro ipak tarmog‘iga qo‘shildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi rahbariyati Xitoyning “Xalqaro Iqtisodiy va Texnologik Hamkorlik Markazi” delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekistonda ipakchilik sanoatini rivojlantirish va ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston tomoni “Xalqaro ipak tarmogʻi” (INS)ga aʼzo boʻldi. Aʼzolik mamlakatga qator imkoniyatlarni yaratadi, ya'ni zamonaviy texnologiyalar va ilmiy loyihalarni joriy etish, jahon bozoriga chiqish, xalqaro yarmarka va investitsiya forumlarida ishtirok etish, oʻzbek ipakchilik madaniyatini keng targʻib qilish hamda global axborot va tahliliy resurslardan foydalanish.

Ushbu qadam Oʻzbekistonning ipakchilik sohasida xalqaro nufuzini oshirish va tarmoqni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

UzDaily · 👁 437 views · 13.08.2025 · 12:45