Iqtisod

O‘zbekiston va Slovakiya Eksimbanki eksport shartnomalarini uzoq muddatli moliyalashtirish va sug‘urta qilish bo‘yicha kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Akram Aliyev va Slovakiya Respublikasi Eksimbanki bosh direktori o‘rinbosari Milan Xorvat o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Slovakiya Respublikasi Eksimbanki Slovakiya kompaniyalari va tijorat banklari bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda eksport kontraktlarini moliyalashtirish va sugʻurtalash tuzilmasi boʻyicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunlamoqda.

Muzokaralar natijalari bo‘yicha hamkorlikning bir qator istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, uzoq muddatli eksport kreditlari ajratish, yirik eksport shartnomalarini sug‘urtalash, energetika sohasida hamkorlik qilish va loyihalarni uzoq muddatli moliyalashtirishga kelishildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.