O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Sankt-Peterburg shahri delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Sankt-Peterburg vitse-gubernatori K.Polyakov, shuningdek sanoat siyosati, innovatsiyalar va tashqi aloqalar sohalari bo‘yicha masʼul tashkilotlar vakillari, O‘zbekiston tomonidan esa Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari v.v.b. S. Abduraxmonov hamda tarmoq birlashmalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida farmatsevtika, sanoat ishlab chiqarishi, infratuzilma va transport sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, savdo uylari tashkil etish hamda uchinchi davlatlar bozorlariga birgalikda chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xususan, qo‘shma farmatsevtika korxonasini tashkil etish va O‘zbekiston mahsulotlarini Sankt-Peterburg bozoriga kiritishni kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni tizimli asosda rivojlantirish, doimiy muloqotlarni yo‘lga qo‘yish hamda joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida faol ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling