O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklikni muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 20.07.2026 · 16:25 · 73 views
O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklikni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 17 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash, shuningdek, oliy darajadagi muloqotlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Suhbat davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, energetika, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Qatar elchisi, shuningdek, Qatarning sobiq amiri shayx Hamad bin Xalifa Ol Taniyning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Doha shahriga amalga oshirgan tashrifi va shaxsan bildirgan hamdardligi uchun Qatar tomonining minnatdorligini yetkazdi.