O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va O‘mon parlamentlararo hamkorlik guruhlari aʼzolarining onlayn shaklda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan sheriklik munosabatlari mustahkamlanmoqda. Bu esa yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish va amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni institutsional jihatdan rivojlantirish, jumladan, hamkorlik guruhlari faoliyatini yanada faollashtirish, qo‘mita vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirishni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling