O‘zbekiston va Norvegiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Norvegiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Norvegiya elchisi Helene Sand Andresen bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida tomonlar migratsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Jumladan, qo‘shma o‘quv markazlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida eʼtibor qaratildi hamda norvegiyalik tomon bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.
Suhbatdoshlar migratsiya sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar va hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar.