O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Saidov AQSH vakili bilan ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 05.08.2026 · 12:45 · 33 views
Saidov AQSH vakili bilan ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi
Saidov AQSH vakili bilan ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 4 avgust kuni Nyu-Dehli shahrida AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serdjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik rivojlanib borayotganini qayd etib, ikki tomonlama hamkorlikning keyingi yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Uchrashuv chog‘ida oliy va yuqori darajadagi muloqotni faollashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov va Serdjio Gor C5+1 formati doirasidagi hamkorlik, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar ochiq va ishonchli muloqotni davom ettirish hamda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirishga kelishib oldi.