O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar 17,5 foizga o‘sdi

UzDaily tahririyati · 05.08.2026 · 13:30 · 34 views
O‘zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar 17,5 foizga o‘sdi
O‘zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar 17,5 foizga o‘sdi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2026 yil yanvar–iyun oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 338,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,5 foizga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Moliyalashtirish manbalari tarkibida eng katta ulush xorijiy investitsiyalar va O‘zbekiston davlat kafolatisiz jalb qilingan xorijiy kreditlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ularning hajmi 235,6 trillion so‘mni tashkil etgan.

Korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan 38,6 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlar hajmi 23,4 trillion so‘mni tashkil qildi. Aholi mablag‘lari hisobidan 19 trillion so‘m investitsiya yo‘naltirildi.

Respublika byudjeti hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar uchun 16 trillion so‘m ajratildi.

Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hajmi 4,8 trillion so‘mni, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari esa 1,4 trillion so‘mni tashkil etdi.