O‘zbekiston

Mirziyoyev va Kobaxidze hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Mirziyoyev va Kobaxidze hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Mirziyoyev va Kobaxidze hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Irakliy Kobaxidze davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, doʻst Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston – Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Joriy yilning 2-3-iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.